1

Bola organizmini chiniqtirish uchun nima qilish kerak?

Salomatlik 11.09.2020, 11:55
Bola organizmini chiniqtirish uchun nima qilish kerak?

AOKAda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Barno Abdusamatova ishtirokida brifing o`tkazildi. Unda koronavirus infeksiyasi profilaktikasi borasidagi savollarga javob qaytarildi.

Savol: Mening farzandim 2 yoshda, juda ko`p kasal bo`ladi. Hozirgi pandemiya davrida bunday kasallanishidan bezovtaman. Bola organizmini chiniqtirish uchun nima qilishim kerak?

–Buning uchun birinchi navbatda, bolani shifokor-pediatr ko`rigidan o`tkazish kerak.  

Uning umumiy ahvoliga qarab maxsus tibbiy tahlillarni topshirish talab etiladi. Misol uchun qon tahlili, peshob va axlat tahlili topshirish shart. Bundan maqsad bolaning ichki a`zolarida yuz berayotgan o`zgarishlarni o`z vaqtida aniqlashdan iboratdir.  

Bolalar orasida ko`p uchrab turadigan gijja va uning boshqa turlari immun tizimiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Bundan tashqari qon tarkibidagi turli infeksiya qo`zg`atuvchi bakteriyalar ham jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Buni aniqlamay turib, bolaga to`g`ri davolash usulini qo`llash qiyin.

Shuningdek, bola salomatligini mustahkamlash uchun uning kundalik taomnomasiga to`yimli va kaloriyaga boy mahsulotlardan qo`shish maqsadga muvofiqdir. Jumladan go`shtli va sabzavotli ovqatlar, mevalar, dengiz mahsulotlari, tuxum, vitaminlarga boy tabiiy sharbatlar va sut mahsulotlari bolaning kundalik taomnomasida bo`lishi zarur.

Suv, havo va quyosh vannalari organizmni chiniqtirishda muhim omil hisoblanadi. Xulosa qilib aytganda, bolalar orasida  sog`lom turmush tarzini to`g`ri tashkil etish orqali immunitetni oshirish mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1