AsosiyDunyo

Rossiyada chet el fuqarolarining viza va patent muddati qayta uzaytirilishi mumkin

'Rossiyada chet el fuqarolarining viza va patent muddati qayta uzaytirilishi mumkin'ning rasmi

Rossiya IIV chet el fuqarolarining 15 sentyabrda muddati tugaydigan viza va patentlari amal qilish muddatini qayta uzaytirish masalasini ko`rib chiqmoqda. Bu haqda vazirlikning Migrasiya bosh boshqarmasi boshlig`i Valentina Kazakova ma`lum qilgan.

Ma`lum qilinishicha, amal qilish muddati 15 sentyabrgacha bo`lgan viza, mehnat qilish huquqini beruvchi ruxsatnoma, patent, vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi va fuqaroning holatini qayd etuvchi boshqa barcha hujjatlarning amal qilishi to`xtatiladi. Hozirda ushbu muddatni uzaytirish masalasi ko`rib chiqilmoqda.

Eslatib o`tamiz, koronavirus infeksiyasi keng tarqalishi xavfi munosabati bilan 2020 yil 18 aprelda qabul qilingan Rossiya Federasiyasi Prezidentining farmoniga muvofiq, mazkur davlat hududida chet el fuqarolarining qonuniy bo`lishi huquqini beruvchi barcha hujjat, shu jumladan patentlarning amal qilish muddati 2020 yil 15 iyungacha uzaytirilgan edi.

    Boshqa yangiliklar