AsosiyDunyo

Dunyoda ommaviy ko`chish ro`y berishi taxmin qilindi

'Dunyoda ommaviy ko`chish ro`y berishi taxmin qilindi'ning rasmi

Ekologik omillar va siyosiy ziddiyatlar 2019 yilda 30 millionga yaqin odamning ko`chirilishiga olib kelgan.

Dunyoda toza suv 50 yil avvalgidan 60 foizga kam. Bundan tashqari, yaqin 30 yil ichida oziq-ovqatga bo`lgan talab yana 50 foizga o`sishi taxmin qilinmoqda.

Iqtisodiyot va tinchlik institutining yangi tahliliga ko`ra, 2050 yilga kelib 1 milliarddan ziyod odam ekologik tahdid va Er aholisining tez sur`atlarda ko`payib borishi sababli qiyin ahvolga tushib qoladi.

Reuters agentligi xabariga ko`ra, 2050 yilga kelib dunyo aholisi 10 milliardga oshishi kutilmoqda, bu esa o`z navbatida, suv va oziq-ovqat masalasida ziddiyatli holatlarni keltirib chiqaradi.  

Shu sababdan Afrika, Markaziy Osiyo va Yaqin Sharqning ayrim mintaqalarida taxminan 1,2 milliard kishi boshqa hududlarga ko`chib ketishga majbur bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar