AsosiyJinoyat

Xorazmda “opiy”ni xaridorga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi

'Xorazmda “opiy”ni xaridorga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi'ning rasmi

 Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo`limi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati vakillari bilan hamkorlikda giyohvandlik vositalarining noqonuniy savdosiga qarshi tezkor tadbir o`tkazishdi.

O`tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro X.M. 1 dona oq rangli sellofan parchasiga o`ralgan, og`irligi 0,65 grammbo`lgan “opiy” giyoxvandlik vositasini shartli xaridorga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olindi. 

Shundan so`ng, fuqaro X.M. ga tegishli bo`lgan oq rangli “Kobalt” rusumli avtomashina belgilangan tartibda ko`zdan kechirilganida, avtomashina boshqaruv ruli tagida 2 (ikki) dona “Tramadol lannaxer” yozuvli psixotrop tabletkalar borligi aniqlandi.

Tezkor tadbir davom ettirilib, fuqaro O.X. o`z yashash uyi oldida og`irligi 4,05 gramm“opiy” giyohvandlik vositasini shartli xaridorga sotayotgan paytida tadbir ishtirokchilari tomonidan to`xtatib qolindi. 

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan fuqaro X.M.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi va 276-moddasi 
2-qismi “a” bandi hamda fuqaro O.X.ga nisbatan jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi. 

    Boshqa yangiliklar