Kaliforniyada o`rmon yong`inlari va oqibatda deyarli 1,5 million gektar o`rmon yonayotganligi haqida xabar bergan edik.
Amerika Qo`shma Shtatlari g`arbiy qismida o`rmon yong`inida halok bo`lganlar soni 23 kishiga etdi. Bu haqda payshanba kuni kechqurun USA Today xabar berdi.
Nashr ma`lumotlariga ko`ra, yong`in AQSh g`arbiy qismidagi 12 dan ortiq shtatlarni qamrab olgan. Kaliforniyada 19 kishi, Oregonda uch kishi va Vashingtonda bir kishi halok bo`ldi.
«Misli ko`rilmagan yomon ob-havo Kaliforniya, Oregon, Vashington va boshqa shtatlarda o`rmon yong`inlarini keltirib chiqardi», - deydi Aydaxo milliy idoralararo o`t o`chirish markazi.
Oregon hukumati payshanba kuni yong`in natijasida shtatning 500 mingdan ortiq aholisi evakuasiya qilinganligini ma`lum qildi.
Milliy idoralararo yong`in markazining ma`lumotlariga ko`ra, mamlakat g`arbidagi yong`in 3,4 million akr maydonni (1,375 million gektar) qamrab olgani haqida xabar bergan.






