Rossiyaning Tula shahrida 13 yoshli qiz ko`p qavatli uyning 9-qavatiga selfi tushishga chiqib yiqilib tushdi. Eng hayratlanarlisi esa, u bo`lib o`tgan voqeadan so`ng omon qoldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Bahtsiz hodisa 19 dekabr kuni qorong`u tushganida sodir bo`lgan. Uch nafar o`smir-ikki qiz va bir yigit uy tomiga chiqqan.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 13 yoshli qizlardan biri qo`lidagi telefon apparatiga chalg`ib qolishi natijasida oyog`i sirpanib yiqilib tushgan”, — deyiladi xabarda.
Xabarda aytilishicha, qiz turli darajadagi bir nechta tan jarohati olgan. Shunga qaramay, uning umumiy ahvoli qoniqarli. U hodisa yuzasidan polisiya xodimlariga ko`rsatma bergan.
Hozirda hodisa yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari o`tkazilmoqda. Polisiya xodimlari ko`p qavatli uyning tomiga chiqish nima sababdan taqiqlanmaganligini o`rganmoqda.





