AsosiyDunyo

Fransiyada koronavirusdan yangi kasallanish holatlari rekord darajada ko`paymoqda

'Fransiyada koronavirusdan yangi kasallanish holatlari rekord darajada ko`paymoqda'ning rasmi

Fransiyada 10 sentyabr kuni deyarli 10 ming kishiga COVID-19 tashxisi qo`yildi. Bu Fransiyada koronavirus pandemiyasi boshlanganidan beri kunlik qayd etilgan kasallanishlar bo`yicha eng yuqori ko`rsatkich bo`ldi, deya yozmoqda Tarjumon.

Bundan bir kun avval Fransiya vazirlar mahkamasida bo`lib o`tgan yig`ilishda mamlakatda mazkur kasallikning tarqalishiga chek qo`yish uchun yangi,hududiy cheklovlar o`rnatilishi haqida gap borgandi.

Sog`liqni saqlash rasmiylarining xabar qilishicha, payshanba kuni Fransiyada 9843 kishining koronavirusga chalingani aniqlandi. Mamlakatda sentyabr oyining boshidan beri yangi kasallanganlar o`rtacha 7292 kishini tashkil qilmoqda. Bu ko`rsatkich avgust oyida 3003 kishi edi.

Ayni paytda Fransiyada koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 353 944 kishini tashkil qilmoqda. Shuningdek, COVID-19 qurbonlari payshanba kuni yana 19 kishiga ko`payib, umumiy hisobda 30 813 nafarga etgan.

Fransiya koronavirusga chalinganlar bo`yicha dunyoda o`n to`rtinchi o`rinda, undan vafot etganlar bo`yicha esa ettinchi o`rinda turibdi.

    Boshqa yangiliklar