Ijtimoiy tarmoqlarda Yangiyo`l tumani kadastr xizmati xodimi 27 sotix erni har sotixini 500 AQSh dollaridan jami 13 500 AQSh dollarga noqonuniy ravishda sotayotgan vaqtida qo`lga olingani haqida xabar tarqaldi. Bu xabarlar yuzasidan Kadastr agentligi axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
Toshkent viloyati Er tuzish va qo`chmas mulk kadastr davlat korxonasi tomonidan korrupsiya holatini sodir etgan I.N. sobiq xodim ekanligi ma`lum qilindi.
I.N. kadastr idorasidan rasman ishdan bo`shagandan keyin noqonuniy yo`l bilan er sotmoqchi bo`lib yuqoridagi harakatlarni amalga oshirgan. Gap uning sobiq xodimligida emas, gap yana er sotish bilan bog`liq korrupsiya holati kuzatilganida.
Kadastr tizimida faoliyat olib borayotgan rahbar va xodimlar er ajratib berish vakolatiga ega emas.
Uy-joy qurish va tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanish uchun er uchastkalari zamonaviy mexanizm asosida auksion tartibida e-auksion.uz yagona elektron savdo maydonchasi orqali realizasiya qilinadi", deyiladi mazkur munosabatda.