1

Xitoylik virusolog koronavirusning inson tomonidan yaratilganiga isboti borligini aytdi

Dunyo 14.09.2020, 10:36
Xitoylik virusolog koronavirusning inson tomonidan yaratilganiga isboti borligini aytdi

Ayni paytda AQShda istiqomat qilayotgan xitoylik virusolog doktor Li-Meng Yan koronavirusning yovvoyi hayvonlar sotiladigan bozordan kelib chiqqani haqidagi da]volarni rad etdi. Yan COVID-19 Xitoydagi harbiy labaratoriyada yaratilganini isbotlovchi dalili borligini aytgan. Bu haqda Tarjumon yozmoqda. 

Yan bu haqda 11 sentyabr kuni ITV kanaliga bergan intervyusida ma`lum qilgan. Uning so`zlariga ko`ra, o`tgan yilning dekabrida koronavirusni tadqiq qilish boshlangan paytda bu kasallik allaqachon odamlar orasida tarqalayotgandi. Li-Meng Yan AQShga qochib kelmasdan oldin Gongkongdagi aholi sog`ligini saqlash maktabida ishlagan. Yanga o`tgan yilning dekabrida koronavirus klasterini aniqlash vazifasi yuklangan.

“Dastlab Xitoy hukumati COVID-19 ning holatini o`rganayotgan edi. Lekin, bu paytda virus allaqachon odamlar orasida tarqalishni boshlab bo`lgandi. Virusning kelib chiqishi bilan bog`lanayotgan Uxandagi yovvoyi hayvonlar sotiladigan bozor va undan keyingi barcha nazariyalar COVID-19 ning asliyati haqidagi haqiqatni berkitish uchun o`ylab topilgan narsalardir.

Koronavirusning ushbu yangi turining mutasiyaga uchrash darajasi juda yuqori va u tabiiy tarzda yuzaga kelmagan. Uning manbasi koronaviruslarning bir qancha turlariga ega bo`lgan Xitoy harbiy institutiga borib taqaladi. Ular virusni o`zgartirib, yangi koronavirusni keltirib chiqarishdi” deydi Yan.

Yan bu topilmalarini shu yilning boshida o`zining Jahon Sog`liqni Saqlash Tashkilotida ishlovchi nazoratchi ustoziga aytgan. Lekin, u Yanning so`zlariga e`tibor qaratmadi. Yanga bu haqda og`iz ochmaslikni, aks holda, Xitoy hukumatidan jazo olish xavfi borligini aytishgan.

“Aslida, men JSSTda maslahatchi bo`lib ishlaydigan nazoratchi ustozimga bu haqda xabar qilganman. Ammo, JSSTdan javob kelmadi. Hamma menga jim turishni tayinladi. Bunday qilmasam, men yo`qolib qolishim mumkinligini aytishdi” deydi Li-Meng Yan.

Xitoy Sog`liqni saqlash milliy kommissiyasi direktori ushbu da`volarni rad etdi va Xitoy hukumati koronavirus haqida xabar berish va uni o`rganish borasida kechiktiruvlarga yo`l qo`ymaganini aytdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1