Yosixide Suga Yaponiyadagi hukmron partiya rahbari etib saylandi. Yaqin orada u iste`foga chiqqan Abening o`rniga bosh vazir lavozimini egallaydi.Bu haqda tarjumon.uz rasmiy kanali xabar bermoqda
71 yoshli Suga sobiq rahbar Sindzo Abe davrida uning yaqin maslahatchisi va ishongan odami bo`lgan. Hukumat bosh kotibi lavozimida ishlagan bo`lsa-da, doim «ikkinchi plan»da yurishni ma`qul ko`rgan.
Uning bolaligi qishloqda o`tgan. Maktabdan so`ng Tokioga borib, avvaliga karton sexida, keyin baliq bozorida ishlagan. Pul yig`ib, eng arzon universitetga o`qishga kirgan. So`ng siyosatchilardan birining kotibiga aylangan. Karera zinapoyasiga mana shunday qadam bosib kirib kelgan.
Haqiqiy siyosiy faoliyatini esa sal kechroq — 47 yoshida boshlab, «Iroda bo`lsa, yo`l ham bo`ladi» degan hikmatni o`zi uchun shior sifatida tanlab olgan ekan.
Janob Yosixide har tongni toza havoda ko`chani sayr qilish, jismoniy mashqlar bajarish bilan boshlaydi, qorin mushaklarini 100 marta «press» qiladi.
U Abe tanlagan yo`lni davom ettirishini bildirdi.