AQShning Pittsburg universiteti olimlari kam dozada ham koronavirus ta`sirini butkul yo`qqa chiqaruvchi oqsilni aniqlashdi. U koronavirusga qarshi antitanalardan 10 marta kichikroq bo`lgan oqsilldir. Koronavirusga qarshi vositani yaratishda qo`llangan.
Ushbu oqsil antinanadan 10 marta kichikroq bo`lib, u koronavirusga qarshi Ab8 vsitasini ishlab chiqishda qo`llangan. Tadqiqotlar davomida Ab8 sichqon va og`maxonlarda (xomyak) koronavirusning oldini olishda va davolashda juda samarali ekani aniqlangan.
“Molekulaning mitti o`lchamdaligi uning to`qimalarga kirishib ketish [diffuziya] imkoniyatini oshiradi. Bu esa virusni yaxshiroq neytrallashga yordam beradi va vositani ingalyasiya usulida kiritish imkonini beradi. Vosita inson hujayralari bilan birikmaydi va bu ikkilamchi salbiy ta`sirlarni minimallashtirish imkonini beradi”, deyilgan tadqiqotda.
Oqsil birikmasi koronavirusning S-oqsili bilan aloqaga kirisha oluvchi 100 mlrdta molekulani tezkor tahlil qilish usuli bilan topilgan. Koronavirus aynan S-oqsili yordamida organizmga kiradi.
Oqsil birikmasi immunoglobulin bilan qo`shilganda Ab8 hosil bo`lib, u antitana funksiyasini oladi.
Ab8 laboratoriya jonzotlarida eng kichik dozada ham virus zarralari miqdorini 10 marta kamaytirgan.