Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Nurmat Otabekov quyidagicha javob berdi:
Koronavirus kasalligi mutlaqo yangi kasallik bo`lib, hali u haqida etarli ma`lumotga ega emasmiz. Alohida bu borada ilmiy izlanishlar amalga oshirilmagan.
Qolaversa kasallik yosh bolalarda juda engil formada o`tayapi, shuning uchun kelajakda biror bir jiddiy asorat qoldirishi haqida bashorat qilish noto`g`ri bo`ladi.
Fikrimizcha, COVID-19 kelajakda farzand ko`rmaslik (bepushtlik) kabi holatlarni keltirib chiqaradigan kasalliklar sirasiga kirmaydi.






