Grenlandiyadagi eng yirik shelf muzligidan maydoni 110 kvadrat kilometr bo`lgan muz bo`lagi ajralib chiqdi. Bu haqda ekologuz «Korrespondent.net» tayanib xabar berdi.
Olimlarning so`zlariga ko`ra, bu muz bo`lagining ajralishi iqlim o`zgarishi juda tez yuz berayotganidan darak beradi.Germaniyaning Erlangen—Nyurbnerg universiteti mutaxassisi Jenni Turtonning aytishicha, Grenlandiyada so`nggi 40 yil ichida havo harorati Selsiy shkalasi bo`yicha uch darajaga ko`tarilgan. 2019 va 2020 yillarda esa eng yuqori harorat qayd etilgan.
Mayda qismlarga bo`linib ketgan 79N nomli muzlik 2019 yilda chuqur yoriqlar bilan qoplangandi. 2020 yilning issiq yozi esa vaziyatni yanada murakkablashtirdi.Avvalroq olimlar Er iqlimi endi hech qachon avvalgidek bo`lmasligini ma`lum qilgani haqida xabar berilgandi.






