Ommaviy axborot vositalari orqali tovar-moddiy boyliklarining bojxona chegaralari orqali noqonuniy olib kirilishiga qarshi profilaktik targ`ibot va tashviqot ishlari muntazam ravishda olib borilishiga qaramay, amaldagi tartib-taomillarni chetlab o`tishga urinayotgan ayrim kimsalar hamon uchrab turibdi.
Xususan, Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Sirdaryo” chegara bojxona postiga qo`shni davlatdan kirib kelgan fuqaro T.A. boshqaruvidagi “Volvo-FH” rusumli yuk avtotransport vositasi o`rnatilgan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazildi. Bu haqda DBQ Axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: DBQ Axborot xizmati
Natijada, yo`l-yuk hujjatlarida ko`rsatilganidan ortiqcha bo`lgan, umumiy qiymati 46,2 million so`mlik 3080 dona soch bo`yoqlari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.
Hozirda aniqlangan xolat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






