2018 yilning sentyabr oyida 50 yoshli M.U., Namangan shahrida yashovchi 25 yoshli F.N., ga Namangan shahrida tibbiyot diagnostika markazi ochish niyati borligini, buning uchun F.N.,ga tegishli bo`lgan “G`irvonsoy” ko`chasida joylashgan 4 qavatli qurilishi tugallanmagan binoni sotib olmoqchi ekanligini, pullarni bankdan kredit olish yo`li bilan to`lashini hamda shu bino erto`lasida dorixona ochib, dori-darmon sotish bilan shug`ullanish uchun F.N.,ning o`ziga berishini aytib, binoni 2,5 mlrd. so`mga sotib olishga kelishib, F,N.,ning ishonchiga kirib, uni aldab, bankdan tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib, kredit uchun ajratilgan 2 mlrd. 500 mln., so`m pullarni bankda fuqaro F.N.,ning nomiga ochilgan plastik kartochkasi hisobiga tushirishga erishib, ushbu kartadan 900 mln., so`m pullarni naqdlashtirib, F.N.,ga berib, qolgan 1,6 mlrd. so`m pul mablag`larini naqdlashtirib, o`zining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro M.U.,ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati xabar bermoqda
Dastlabki tergov jarayonida, M.U., jinoyat ishida gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.






