2011 yilda 77 kishini o`ldirishda aybdor deb topilgan norvegiyalik terrorist Andres Breyvik shartli ravishda ozod qilishni so`radi. Bu haqda Rambler xabar bermoqda.
Shuningdek, Breyvik yakka kamerada o`tirgani uchun davlatga qarshi da`vo qo`zg`atishni rejalashtirmoqda.
Advokat Oysten Sturrvikning so`zlariga ko`ra, Breyviu muddatidan ilgari ozod qilish to`g`risida ariza berish uchun yana 10 yil qamoqda o`tirishi kerak bo`ladi. Hozirda u sakkiz yildan sal ko`proq qamoqxonada o`tirdi.
“U hozir buni xohlamoqda. U sud jarayoni tugaganidan keyin sakkiz yildan ortiq vaqtni yakka tartibda o`tkazdi”, - dedi advokat.
Sturrvikning so`zlariga ko`ra, mahbus shartli ravishda ozod qilish to`g`risidagi arizaga ikki ism bilan imzo chekdi: Andres Breyvik va Fridtof Xansen - bu ismni u qamoqxonada o`zi uchun oldi.






