1

Vaksina poygasi: Xitoy sinovlari yakunlamagan vaksinalari bilan o`n minglab odamlarni emlamoqda

Dunyo 17.09.2020, 09:01
Vaksina poygasi: Xitoy sinovlari yakunlamagan vaksinalari bilan o`n minglab odamlarni emlamoqda

Ekspertlarning xavfsizlik borasidagi xavotirlariga qaramay Xitoy hukumati o`zining o`n minglab fuqarolarini hali sinovlarning barchasidan o`tib ulgurmagan vaksinalar bilan emlamoqda. Bu esa boshqa mamlakatlarning Xitoyda yaratilayotgan vaksinalarning natijasiga qiziqishlarini orttirmoqda. Bu haqda tarjumon yozmoqda. 

Xitoy iyul oyida vaksinadan favqulodda foydalanish dasturini boshladi. Unga ko`ra, Sinopharm va Sinovac Biotech kompaniyalarining tajribalardan o`tkazilayotgan uch turdagi vaksinalarini aholiga etkazib berish boshlandi. CanSino Biologicsning vaksinasi esa iyun oyidayoq Xitoy armiyasiga berila boshlandi.

Koronavirusning qayta avj olish ehtimolini kamaytirishi va mamlakatdagi muhim ishchi kuchini ushbu kasallikdan himoya qilishi maqsad qilingan mazkur vaksinalar o`ziga zaxira yaratmoqchi bo`layotgan boshqa davlatlarning e`tiborini tortmoqda. Bu esa hozirgi pandemiya sharoitida Xitoyning muhim ahamiyatga ega ekanini qayta eslatib qo`ymoqda.

Xitoy hukumati mamlakatdagi tibbiyot, transport va oziq-ovqat sohasida faoliyat olib boruvchi ishchilarning favqulodda tezkor vaksina bilan qachon emlanishini rasman e`lon qilmadi. Lekin, hozirda Sinopharm favqulodda ishlatiladigan ikkita vaksinani ishlab chiqmoqda, Sinovac esa o`n minglab odamlar o`zining vaksinasini qabul qilib bo`lganini ma`lum qilgan.

“Hozirgacha vaksina bilan emlangan odamlardan hech biri koronavirusga chalinmadi va vaksinasiya tizimi yaxshi ishlab kelmoqda. Vaksinalarning aks ta`siri kuzatilmayapti” deydi Xitoyning kasalliklarni nazorat qilish va ularning oldini olish markazining biologik xavfsizlik bo`yicha bosh mutaxassisi Guizhen Vu.

Vuning o`zi aprel oyida koronavirusga qarshi emlangan. O`tgan haftada Vu Xitoyda kamida bir nechta vaksina noyabrda aholiga etkazib berishga tayyor bo`lishini ma`lum qildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1