1

Kanada Xitoydan voz kechdi

Dunyo 19.09.2020, 17:54
Teglar: Kanada, Xitoy
Kanada Xitoydan voz kechdi

Kanada tashqi ishlar vaziri Fransua-Filipp Shampan Globe va Mail nashriga bergan intervyusida uning mamlakati Xitoy bilan erkin savdo zonasini tashkil etish bo`yicha barcha muzokaralarni to`xtatganini aytdi.

“Xitoy 2016 yildagi davlatga hozir o`xshamaydi, aynan shuning uchun Kanada ulardan yuz o`girdi.O`shanda amalga oshirilgan barcha tashabbuslar va siyosat qayta ko`rib chiqilishi kerak, ularni rivojlantirish uchun sharoit yo`q”, – deya ta`kidladi Shampan

Kanada va Xitoy 2016 yil sentyabr oyida erkin savdo bo`yicha muzokaralarni boshladilar.

Vaziyat 2018 yil dekabrida AQShning iltimosiga binoan Xitoyning texnologik giganti Huawei kompaniyasining bosh moliyaviy xodimi Men Vanchjou hibsga olingandan keyin keskinlashdi.

2019 yil yanvar oyida AQSh Adliya vazirligi Huawei va Men Vanchjouga sanoat josusligi, tijorat sirlarini o`g`irlash, odil sudlovga to`sqinlik qilish va AQShning Eronga qarshi sanksiyalarini buzishda aybladi. Keyinchalik vaziyat dunyoning eng yirik iqtisodiyotlari o`rtasidagi savdo urushiga aylandi.

Xitoy, o`z navbatida, Kanadaning ikki fuqarosini hibsga oldi va ularga rasmiy ravishda josuslik ayblovini qo`ydi. Kanada hukumati bu qasos olish maqsadida qilinganiga amin

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1