AsosiyDunyo

Olimlar: Covid-19 miyadagi o`nglanmaydigan asoratlari bilan xavfli

'Olimlar: Covid-19 miyadagi o`nglanmaydigan asoratlari bilan xavfli'ning rasmi

Bu haqda “Nature” jurnali Liverpul universiteti, London universiteti kolleji, Yel universiteti va Ikona tibbiyot maktabida olib borilgan ilmiy tadqiqotlarga tayanib yozmoqda.

Hisobotda aytilishicha, koronavirusga chalingan va nevrologik hamda psixiatrik asoratlarni boshidan kechirgan bemorlarning 62 foizida bosh miya qon aylanish tizimiga ziyon etgan. Ularning 31 foizida psixik holat bilan bog`liq o`zgarish, masalan, esni yo`qotish, davomli hushdan ketish kuzatilgan.

London universiteti kolleji tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar shuni ko`rsatmoqdaki, koronavirus natijasida eng ko`p tarqalgan nevrologik asorat – insult, shuningdek, ensefalit — bosh miya to`qimalari yallig`lanishi tarzida namoyon bo`lgan. Ushbu xastaliklar vaqt o`tishi bilan o`zining og`ir shakliga ko`chishi – o`tkir tarqaladigan ensefalomielitga olib kelishi mumkin. 

Bunda bosh va orqa miya yallig`lanadi, asab hujayralari himoya qobig`idan ayriladi. Natijada xuddi tarqoq sklerozdagi kabi belgilar paydo bo`ladi. Tajriba chog`i og`ir ahvoldagi shunday bemorlarning ayrimlarida respirator simptomi kuchsiz namoyon bo`ldi, ya`ni asosiy xastalik sifatida miyaning ishdan chiqishi kuzatildi.

Qayd etilishicha, nevrologik belgilar aholining turli toifalarida yuzaga chiqishi mumkin.

“Biz nisbatan yoshroq odamlar, ya`ni, insultga uchragan, ammo odatiy xavfli omillardan xoli guruhni, shuningdek, aqliy faoliyatida anglab bo`lmaydigan darajada sezilarli salbiy o`zgarish ro`y bergan kishilarni tekshiruvdan o`tkazdik”, — deydi Liverpul universiteti nevrologi Benedikt Maykl.

Boshqa bir nevrolog, Rio-de-Janeyro federal universiteti xodimi Fernanda de Felichening xulosasiga ko`ra, COVID-19ga duchor bo`lgan bemorlarning 50 foizdan ko`prog`i nevrologik asoratlarni boshidan kechirishi mumkin. 

Binobarin, koronavirusning engil yoki belgilarsiz gshaklini engib o`tgan insonlarda bunday asoratlar qay darajada namoyon bo`lishi ehtimolini aniqlash, hozircha bu borada etarli ma`lumot to`planmaganligi sababli, juda qiyin.

    Boshqa yangiliklar