Muhtojlarni bir yil davomida boqish uchun TMTga 4,9 milliard dollar kerak. Shu munosabat bilan tashkilot butun dunyodagi milliarderlaridan yordam so`ramoqda.
BMTning oziq-ovqat ishlari bo`yicha rahbari Devid Bisli milliarderlarni dunyo bo`ylab bu yil ochlikdan o`lish xavfi ostida bo`lgan 30 million kishini qutqarishda yordam berishga chaqirdi.
«Muhtojlarni bir yil davomida boqish uchun tashkilotga 4,9 milliard dollar kerak. Dunyo bo`ylab boyliklari 8 trillion dollarga teng bo`lgan ikki mingdan ortiq milliarderlar bor», – deydi Bisli.
“Ularning ba`zilari pandemiya paytida milliardlab pul ishlab topdi. Men ularning boyliklari o`sishiga qarshi emasman, lekin insoniyat eng katta inqirozga yuz tutmoqda “, deya qo`shimcha qildi u.
BMTning oziq-ovqat masalalari bo`yicha rahbari ochlik to`lqini hali ham dunyoni qamrab olish bilan tahdid qilayotganini aytib, hukumatlar va xususiy biznesni sa`y-harakatlarini kuchaytirishga chaqirdi.






