1

Rossiyaning Tu-160 strategik samolyotlari jahon rekordini o`rnatdi

Dunyo 20.09.2020, 18:52
Rossiyaning Tu-160 strategik samolyotlari jahon rekordini o`rnatdi

 Rossiyaning Tu-160 strategik bombardimonchi samolyotlari 19 sentyabr kuni yangi jahon rekordini o`rnatdi. Bu haqda RIA Novostiga asoslanib Sputnik xabar berdi.

“Bugun Rossiya havo kuchlarining ikki ekipaji Tu-160 strategik raketa tashuvchi samoltlarida uzoqqa parvoz qilish va parvoz davomiyligi bo`yicha yangi rekord o`rnatishdi. 

"Samolyotlar 25 soatdan ko`proq vaqt havoda bo`lib, 20 ming kilometrdan ortiq masofani uchib o`tishdi”, - dedi Rossiya Havo-kosmik kuchlari uzoq parvozlar qo`mondoni, general-leytenant Sergey Kobilash.  

Uning aytishicha, ushbu turdagi samolyotda hali hech kim bundan uzoqqa uchmaganligini qo`shimcha qildi.

2010 yildagi avvalgi rekordni ham Tu-160 o`rnatgan. O`shanda parvoz 24 soatu 24 daqiqa davom etgan edi.

Tu-160 bombardimonchi samolyotlari parvozi  yo`nalishi Shimoliy Muz okeani, Tinch okeani, Karsk dengizi, Laptevlar, Shariy-Sibir, Chukotka, Barensevo dengizlarining neytral hududlari bo`ylab o`tgan. Parvoz va qo`nish Saratov viloyatidagi Engels aerodromida bo`lib o`tdi. 

To`xtovsiz parvoz paytida Tu-160 samolyoti olti va Il-78 samolyoti uch marotaba havoda yonilg`i quyishni amalga oshirdi. Marshrutning ayrim bosqichlarida raketa tashuvchilarga Su-35 qiruvchilari, shuningdek, xorijiy davlatlarning samolyotlari hamrohlik qildi.

Rossiya bombardimonchilarining parvozi havo hududidan foydalanish bo`yicha xalqaro qoidalarga qat`iy rioya qilingan holda amalga oshirilgan, deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1