AsosiyDunyo

Alisher Usmonovning kompaniyasi 90 ta mamlakat jurnalistlarining tekshiruvlarida tilga olinayotganligi aytilmoqda

'Alisher Usmonovning kompaniyasi 90 ta mamlakat jurnalistlarining tekshiruvlarida tilga olinayotganligi aytilmoqda'ning rasmi

Tergovchi-jurnalistlar xalqaro konsorsiumi (ICIJ) va BuzzFeed News AQSh Moliya vazirligi moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashish bo`yicha yopiq bo`linmasi (FinCEN)ning hujjatlaridan foydalanish huquqiga ega bo`ldi. Ushbu bo`lim jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bilan shug`ullanadi va Amerika banklarining shubhali tranzaksiyalari haqidagi ma`lumotlarni oladi. 

Hujjatlarga muvofiq, rossiyalik biznesmenlar Vladimir Putinga yaqin kishilarga millionlab dollarlarni o`tkazgan, Rossiyaning yirik kompaniyalari esa, shu jumladan davlat kompaniyalari ham, boshqa mamlakatlarning rahbarlariga yaqin kishilarga to`lagan. Bu haqda Anhor.uz  “Vajne istorii”  (“Muhim voqealar”) nashriga tayanib yozmoqda.

Maqolada yozilishicha, Vladimir Putinning maslhatchisi Valentin Yumashev Britaniya Virgin orollarida ro`yxatga olingan Epion Holdings Limited kompaniyasidan olti million dollar mablag` olgan. Ushbu kompaniya milliarder Alisher Usmonovga tegishli. Shubhali tranzaksiyalar haqidagi hisobotlarga muvofiq pullar 2006 yildan 2008 yilgacha “xizmatlar” to`g`risidagi kelishuvga binoan o`tkazilgan. So`z qanday xizmatlar haqida borayotganiga aniqlik kiritilmagan.

Alisher Usmanov va Valentin Yumashev «Vajne istorii» nashrining savollariga javob bermagan. Rossiya prezidentining ma`muriyati nashrga Yumashev jamoatchilik asoslarida Putinga maslahatchi bo`lib ishlayotganini, shu bois davlat xizmati haqidagi qonun unga taalluqli emasligini aytgan. Rossiya prezidentining matbuot xizmatida esa shunday deyishmoqda: “Siz ko`rsatgan savollar shaxsiy va tijorat axborotiga kiradi, biz ularga ega emasmiz”.

«Vajne istorii»ning qayd etishicha, bu AQSh tarixida yuz bergan umumiy miqdori ikki trillion dollarlik shubhali tranzaksiyalar to`g`risidagi maxfiy moliyaviy hujjatlarning eng yirik oshkor etilishidir. Hujjatlarni qariyb 90 ta mamlakat jurnalistlari o`rganib chiqqan.
 

    Boshqa yangiliklar