"Bugungi kunda Qozog`iston Respublikasining beshta viloyati 26 ta tumanidagi 47 ta aholi punktida parrandalarning nobud bo`lishi qayd qilindi. Shaxsiy tomorqalarda nobud bo`lgan parrandalar soni 12 926 tani tashkil qiladi, shuningdek Shimoliy Qozog`iston viloyatidagi parrandachilik fabrikalarida 41 mingta parranda nobud bo`ldi", – deyiladi mamlakat Qishloq xo`jalik vazirligi xabarida.
Xabarga ko`ra, parranda grippi Shimoliy Qozog`iston, Oqmola, Qostanay, Pavlodar va Qarag`anda viloyatlarida aniqlangan.
Rasmiylar fermerlarga bozor narxida tovon to`lanishini va parrandalarning katta qismi emlanishiga va`da berdi.
Veterinariya nazorati fermerlar nobud bo`lgan parrandalarning go`shtini savdoga chiqarmasligiga kafolat bermoqda.
"Milliy referent markazi kasallikka qushlarning yuqori patogen grippi sabab bo`lganini aniqladi. Qabul qilingan qoidalarga muvofiq, Qozog`istonda kasallik avj olganligi haqida Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti xabardor qilingan", — deyiladi vazirlik xabarida.
Mintaqaga vaksinalar keltirilib, hudud dezinfeksiya qilinib, parrandalar jasadi yo`q qilinmoqda. 17 sentyabrdan boshlab mamlakatga parranda va unga yaqin mahsulotlarni olib kirilishiga ta`qiq qo`yilgan.
Mamlakatning Rossiya bilan chegaradosh hududlarda hayvonlarni emlash uchun qushlarning yuqori patogen tumoviga qarshi milliy dori-darmonlar muolajasi amalga oshirlmoqda.
Ma`lumot o`rnida, parranda grippining ilk belgisi ikki hafta muqaddam Shimoliy Qozog`iston viloyatida aniqlandi. Mintaqada uy parrandalarining ommaviy tarzda nobud bo`lishi qayd qilingan edi.
21 sentyabr kuni Qozog`iston Qishloq xo`jalik vazirligi yana uchta viloyatda virus qayd qilingani borasida xabar berdi. Rasmiy ma`lumotlarga ko`ra, xo`jaliklardagi umumiy yo`qotishlar kamida 100 ming parrandani tashkil qiladi, aslida bundanda ko`p bo`lishi mumkin, chunki faqat uy parrandalarigina nobud bo`lmagan. Tadqiqotlarga ko`ra, ayni damda shimoldan janubga yo`l olgan yovvoyi parrandalar ham nobud bo`lgan.
Hukumat rasmiylarining aytishlaricha, ayni damda veterinariya xizmati barcha zarur choralarni amlga oshirmoqda. Parrandalar nobud bo`lgan viloyatlarda karantin e`lon qilindi, tumanlararo harakatlar to`xtatilgan, kirish va chiqish joylariga blokpostlar o`rnatilib veterinariya mutaxassislari navbatchilik qilmoqda. Kasallangan parrandalar go`shtining do`konlar va bozorlar peshtaxtalariga chiqarilmasligi nazoratga olingan.
“Bunday global falokat sayyoramizda so`nggi yuz yilda kuzatilmagan edi. Bu ofat butun insoniyatning zaif jihatlarini yaqqol ko`rsatdi. Hozirgi tahlikali va murakkab vaziyat er yuzidagi barcha davlatlar va xalqlar o`zaro bog`liq ekanini, o`rtamizda muntazam muloqot, ishonch va yaqin hamkorlik o`ta muhimligini isbotladi.
Shu yo`lda barchamiz hukumatlar, parlamentlar va fuqarolik jamiyatlarining o`zaro sa`y-harakatlarini birlashtirish, umumiy mas`uliyat tamoyillarini mustahkamlash, xalqaro sheriklikni muvofiq holda rivojlantirish, Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining maqomi va salohiyatini oshirish, vakolatlarini kengaytirish lozimligini chuqur angladik.
Maqsadimiz – har bir insonning asosiy huquq va erkinliklarini, salomatligi va farovonligini ta`minlaydigan adolatli global tizimni birgalikda yaratishdir.
Bu borada biz Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida Pandemiyalar davrida davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari to`g`risidagi xalqaro kodeksni ishlab chiqishni taklif etamiz. Ushbu hujjatda har bir davlatning o`z fuqarolari va xalqaro hamkorlari oldidagi majburiyatlari aks etishi lozim”.
Shavkat Mirziyoev, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi etmish beshinchi yubiley sessiyasidagi nutqidan






