1

Koronavirus infeksiyasining yuqmaydigan turi ham mavjudmi?

Salomatlik 25.09.2020, 13:41
Koronavirus infeksiyasining yuqmaydigan turi ham mavjudmi?

AOKAda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Nargiza Nurullaeva ishtirokida o`tgan brifingda brifingda koronavirus infeksiyasi bilan bog`liq quyidagi savollarga ham javob qaytarildi.

❓Koronavirus infeksiyasining yuqumli bo`lmagan turi ham mavjud ekan, shu to`g`rimi?

–Koronavirus infeksiyasi asosan kasallangan bemor nafas chiqarganda mayda zarralar bilan atrofga tarqaladi. Bu holat xar safar bemor aksa urganda, yo`talganda va hatto gapirganda yuz beradi. 

Ba`zi tadqiqotlarning ko`rsatishicha zarrachalar qo`shiq kuylaganda va oddiy nafas olganda ham tarqaladi. Bu zarralar yirik bo`lib, ular ma`lum bir masofada tarqala olmaydi va tez pastga qulaydi.  

Sog`lom kishilar ushbu zarralar mavjud bo`lgan havodan nafas olganlarida kasallanishlari mumkin. Virus inson organizmiga shilliq qavatlar – og`iz, burun yoki ko`z orqali tushadi. Virusning yashovchanligi tashqi yuzalar turi va atrof muhit sharoitiga bog`liq ravishda ma`lum muddat saqlanib qoladi.  

Olimlarning aniqlashlaricha virus past haroratda bir necha hafta, xona haroratida kartonlarda 24 soatgacha, temir buyumlarda 48 soatgacha, plastik buyumlarda esa 72 soatgacha yashab qoladi.  

Kasallik yuqumliligi va oila a`zolariga yuqish xavfi yuqoridagi omillardan kelib chiqadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1