1

Kremlda o`zbek milliarderi Fattoh Shodievga Rossiyaning “Do`stlik” ordeni topshirildi

Dunyo 25.09.2020, 15:47
Kremlda o`zbek milliarderi Fattoh Shodievga Rossiyaning “Do`stlik” ordeni topshirildi

Taniqli o`zbek milliarderi Fattoh Shodiev o`tgan yilning dekabr oyida Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinning farmoniga binoan “Do`stlik” ordeni bilan mukofotlangan edi. 

Kecha, 24 sentyabr kuni Kremlda Xalqaro Shodiev fondining asoschisi Fattoh Shodievga ordenni topshirish marosimi bo`lib o`tdi. 

Fattoh Shodiev mukofot uchun Federasiya rahbariyatiga minnatdorlik bildirgan.

“Madaniyat, san`at va ilm-fanni qo`llab-quvvatlash Jamg`armaning asosiy va ustuvor yo`nalishlaridan biridir. Bizning ishimiz bunday yuksak mukofotga sazovor bo`lganini ko`rish men uchun katta sharafdir. Bu, shubhasiz, biz to`g`ri yo`nalishda borayotganligimizning tasdig`idir”, deydi Shodiev. 

“Do`stlik” ordeni 1994 yilda ta`sis etilgan bo`lib, Rossiya Federasiyasining davlat mukofoti sanaladi. Ushbu orden Rossiya fuqarolariga, shuningdek xorijiy davlatlarning fuqarolariga davlatni rivojlantirish va xalq farovonligiga qaratilgan maxsus xizmatlari va ishlari uchun beriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1