AsosiySport

Azim Ahmedov: “Paxtakor”ga o`tib to`g`ri qildim

“Navbahor” jamoasi yarim himoyachisi Azim Ahmedov “Paxtakor”ga o`tganligini ma`lum qildi. 

Odil Ahmedovning ukasi endilikda yangi mavsumdan boshlab “sherlar” safida harakat qiladi. 

Ayni paytda Azim “Paxtakor” bilan mashg`ulotlarda ishtirok etmoqda. 

“Paxtakor”ga kelib qo`shilgan Azim Ahmedov Darakchi.uz’ga o`zining qarori to`g`risidagi fikrlarini bildirib o`tdi.

- Bu klubga o`tishdan avval barcha bilan maslahatlashib ko`rdim. Shundan so`ng yakuniy qaror qabul qildim. To`g`risi, “Paxtakor”ga o`tishim to`g`ri qaror bo`ldi. Men bunga shubha qilmayman. Yangi jamoa bilan bo`lajak mavsumda OChLda to`p surishni istayman. Shuningdek, ichki chempionatda ham zafar quchishni xohlayman, - deydi kichik Ahmedov.

 

 

 

    Boshqa yangiliklar