Farg`ona viloyatida Rossiyadan ish topib beraman deb aldagan shaxsga jinoyat ishi qo`zg`atildi. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB xabar berdi. Manbaning xabar berishicha, 2020 yilning 28 may kuni Sh.S. shahar markazida joylashgan oshxona oldida A.U.ning ishonchiga kirib, 900 AQSh dollari evaziga Rossiya davlatidan ish topib berishi va jo`natishini aytib, pullarni olib bergan va`dasini bajarmasdan aldov yo`li bilan qo`lga kiritgan pullarni o`z ehtiyojlariga sarflab yuborgan. Mazkur holat yuzasidan Farg`ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo`lishini esdan chiqarmang. Yuqorida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin. | |
28.09.2020 21:22
Farg`onada Rossiyaga jo`nataman deb aldagan shaxsga jinoyat ish ochildi
