Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2020 yilning 8 oyida respublika bo`yicha 525 280 ta tirik tug`ilish holatlari FHDYo organlarida qayd etilgan. Bu ko`rsatkich o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 18 912 taga ko`p.
Joriy yilning avgust oyida respublika bo`yicha 83 925 ta tirik tug`ilish holatlari qayd etilib, respublika bo`yicha eng ko`p tug`ilish Samarqand viloyatida (9 585 ta) kuzatildi.
O`tgan 8 oy mobaynida FHDYo organlarida qayd etilgan tirik tug`ilishlar soni bo`yicha Samarqand – 63 573 ta, Farg`ona – 58 774 ta, Qashqadaryo – 55 774 ta va 50 601 ta bilan Andijon viloyatlari yuqori o`rinni egallagan.
️Ma`lumot o`rnida, 1897 yilda O`zbekiston Respublikasi hududida aholi soni 3,9 mln. kishini tashkil etgan bo`lib, bu hozirgi Samarqand viloyati aholisi (3,9 mln. kishi) soniga teng degani.