“Manchester Yunayted” jamoasi hujumchisi Memfis Depay jamoaning yakshanba kungi mashg`ulotlariga qiymati 240 ming funt sterlingli Rolls-Royce Phantom Drophead Coupé mashinasida keldi.
Sunday People nashri bergan ma`lumotlarga ko`ra, futbolchining o`zini bunday tutishidan so`ng klub murabbiylari futbolchiga dakki bergan.
Jamoaning qoniqarsiz natijalari davom etayotgan bir paytda Depay qimmatbaho avtomobilda mashg`ulotga kelganligi jamoa menejerlarini g`azabini keltirgan.





