AsosiyDunyo

«Uolt Disney» kompaniyasi 28 ming nafar xodimini ishdan bo`shatmoqda

'«Uolt Disney» kompaniyasi 28 ming nafar xodimini ishdan bo`shatmoqda'ning rasmi

Pandemiya sababli og`ir iqtisodiy muammolarga duch kelgan Amerikaning «Walt Disney» kompaniyasi AQShdagi 28 ming nafar xodimini ishdan bo`shatishini ma`lum qildi. Bu haqda «Bloomberg» agentligiga tayanib Xabar.uz yozdi.

«Qanchalik og`ir bo`lmasin, bu uzoq davom etayotgan COVID-19 sharoitida biznesimizni saqlab qolishning yagona chorasi», — deya ma`lum qildi kompaniya rahbariyati.

Agentlik xabariga ko`ra, qisqartirishga tushganlar Disney bog`lari, sayyohlik kemalari, chakana savdo bo`limlarida ishlab kelgan xodimlar hamda rahbariyat a`zolari. Ularning aksariyati to`liq bo`lmagan ish kunida faoliyat yuritib kelishgan.

Pandemiyaga qadar kompaniyaning Qo`shma Shtatlardagi xodimlari soni qariyb 100 ming nafar edi.

So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, AQShda koronavirusni yuqtirganlar jami soni 7,4 milliondan oshdi, bemorlarning 4,6 million nafari sog`aygan, vafot etganlar soni 200 ming nafardan oshgan.

    Boshqa yangiliklar