O`zbekistonning Kiev shahridagi Elchixonasi ma`lumotlariga ko`ra, Ukraina Hukumatining qarori bilan 2020 yilning 29 sentyabrdan chet el fuqarolarining ushbu mamlakatga kirish tartibi o`zgartirildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi ma`lum qildi.
Bundan buyon xorijiy davlatlar fuqarolari Ukraina chegarasini kesib o`tishda Ukrainada ro`yxatdan o`tgan yoki mazkur mamlakatda vakolatxonasiga ega bo`lgan yohud ukrainalik shirkat bilan shartnoma tuzgan sug`urta kompaniyasi tomonidan berilgan sug`urta polisiga ega bo`lshilari talab etiladi.
Sug`urta chet el fuqarosining SOVID-19ga chalinganida davolanish xarajatlarini qoplashi va Ukrainada bo`lish davriga to`g`ri keladigan muddatda amal qilishi kerak.
“Qizil hudud” mamlakatlaridan kelgan chet elliklar o`z-o`zini yakkalash rejimiga amal qiladilar. 2020 yil 30 sentyabr holatiga ko`ra O`zbekiston “yashil hudud”ga kiritilgan.
Batafsil ma`lumot bilan https://visitukraine.today/ru saytida tanishish mumkin.
Shu munosabat bilan, O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Operativ shtabi Ukrainaga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan hamyurtlarimizga Ukraina tomonining ushbu qarorini inobatga olishni tavsiya qilmoqda.






