1

Xorazmlik erkak Toshkentdagi bozor rastasiga ikki oylik chaqalog`ini tashlab ketdi. Bolaning onasi bir muddat avval ulardan voz kechib ketgan ekan

Jamiyat 30.09.2020, 19:00
Xorazmlik erkak Toshkentdagi bozor rastasiga ikki oylik chaqalog`ini tashlab ketdi. Bolaning onasi bir muddat avval ulardan voz kechib ketgan ekan

Chilonzor tumani IIO FMB 9-son ichki ishlar bo`limi mas`uliyatidagi hududda joylashgan “Chilonzor” bozoridagi savdo kompleksda 32 yoshli Xorazm viloyatilik Radju D. spirtli ichimliklar ta`siri ostida bo`la turib, ikki oylik qizini savdogarlarning rastasiga qo`yib, o`zi noma`lum yo`nalishda ketib qolgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda. 

Bozor hududida navbatchilik qilgan xodimlar go`dakni 9-son IIBga etkazishgach, xotin-qizlar masalalari bo`yicha katta inspektor leytenant N. Qahramonova holatni o`rganish uchun bozorga borib, mazkur holat guvohlari bilan suhbatlashdi.

Tez orada chaqaloqning otasi topilib, ichki ishlar bo`limiga olib borildi. Uning ma`lum qilishicha, joriy yilning bahor oyida u turmush o`rtog`i Nargiza M. bilan birgalikda Toshkentga ish izlab kelishgan. Ular uy izlash muammosiga yo`liqqanlarida, oralarida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Navbatdagi kelishmovchilikdan so`ng Nargiza M. eriga bolasini qoldirib, o`zi noma`lum tomonga ketib qolgan. Hozirgi vaqtda Radju turmush o`rtog`ining qaerda ekanligini va u bilan qanday bog`lanish mumkinligini bilmaydi.

Chilonzor tumani IIO FMB xodimlari aniqlashlaricha, pasport stoli ma`lumotlariga ko`ra bolaning onasi Surxandaryo viloyatda tug`ilgan. Uni topish uchun, xodimlar Jarqo`rg`on tumani ichki ishlar bo`limi xodimi podpolkovnik I. Polvonovdan ko`mak so`rashdi. Tez orada bolaning onasi Toshkent viloyatidagi tanishlarining uyida topilib, 9-son ichki ishlar bo`limiga olib ketildi. 

Bolasini nima uchun tashlab ketganligi haqidagi savollarga ayol turmush o`rtog`i bilan orasidagi muammolar, hamda turar joy yo`qligi sababli bu ishni qilganini ma`lum qildi. Shuningdek u Surxandaryo viloyatiga qaytib ketishda yordam so`radi.

Mazkur masalada ayolga yordam ko`rsatildi: Jarqo`rg`on tumani IIO FMB xotin-qizlar masalalari bo`yicha inpsektori bilan hamkorlikda bola onasi bilan uyiga jo`natildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1