AsosiyJamiyat

Abxaziya hududida bo`lib turgan 400 ga yaqin O`zbekiston fuqarosi vatanga qaytarishda ko`mak so`radi — TIV

'Abxaziya hududida bo`lib turgan 400 ga yaqin O`zbekiston fuqarosi vatanga qaytarishda ko`mak so`radi — TIV'ning rasmi

O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligining Operativ shtabi axboroti e`lon qilindi.

O`zbekiston Respublikasining Rossiya Federasiyasidagi Elchixonasi va Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasiga Abxaziya hududida bo`lib turgan 400 ga yaqin O`zbekiston fuqarolarining Vatanga qaytishda ko`mak berish to`g`risidagi murojaatlari kelib tushdi.

Ushbu muammoni zudlik bilan hal etish maqsadida mamlakatimiz tashqi siyosat idorasi Rossiya tomoniga hamyurtlarimizni Vatanga qaytarish uchun ularning Rossiya chegarasini kesib o`tishlariga ruxsat olish yuzasidan yana bir bor tegishli murojaat yuborgan.

Yordamga muhtojlardan (ayollar, homiladolar, qariyalar va bolalar) iborat O`zbekiston fuqarolarining birinchi guruhini shu yilning oktyabr oyi boshlarida O`zbekistonga qaytarish rejalashtirilgan.

Qolgan fuqarolar Rossiya tomonidan Davlat chegarasini tranzit maqsadida kesib o`tishga ruxsat berilgandan keyin O`zbekistonga qaytariladi.

    Boshqa yangiliklar