1

Kuz-qish mavsumi qachondan boshlanishi ma`lum bo`ldi. Endi issiqlik uchun to`lovlar kunbay bo`ladi

Jamiyat 30.09.2020, 20:08
Kuz-qish mavsumi qachondan boshlanishi ma`lum bo`ldi. Endi issiqlik uchun to`lovlar kunbay bo`ladi

Bugun AOKA majlislar zalida "Ko`p kvartirali uy-joy fondi va ijtimoiy soha ob`ektlarini 2020/2021 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlash masalalari"ga bag`ishlangan matbuot anjumani bo`lib o`tdi. Unda ishtirok etgan “Toshissiqquvati” DUK bosh muhandisi Aziz KARIMBEKOV quyidagi muhim mavzular bo`yicha ma`lumotlar berdi:

KARANTIN DAVRIDA TO`LANMAGAN QARZDORLIKLAR UChUN PENYa HISOBLANADIMI?

Bu yilgi pandemiya sharoitini hisobga olib, ko`p qavatli uylardagi aholi to`lanmagan qarzdorliklar uchun issiqlik ta`minotidan uzib qo`yilmadi. Shuningdek, kechiktirilgan qarzdorliklar uchun ham penya hisoblanmadi.

ISITISh MAVSUMI QAChONDAN BOShLANADI?

Biz kuz-qish mavsumiga tayyormiz. Hozirda O`zgidrometsentr bilan ob-havo masalalari bo`yicha hamkorlik yo`lga qo`yganmiz. Ular bizga taqdim qilgan ma`lumotlar asosida agar harorat kechasi 8-10, kunduzi 22-24 darajadan tushganligi aniqlansa, biz 10 oktyabrga qadar isitish tizimlarini ishga tushirishga tayyormiz. 

ISSIQLIK UChUN TO`LOV KUNBAY BO`LADI

Shu paytgacha issiqlik ta`minoti 140 kun etib belgilangan bo`lib, to`lov bir yilga bo`lib yuborilar edi. Endi aholi faqatgina ishlatilgan issiqlik ta`minoti uchun kunbay to`lov qiladi. Ya`ni, agar bahor-yoz mavsumida kunlar ertaroq isishni boshlasa, issiqlik ta`minotidan uzilgan kungacha to`lovlarni amalga oshirishadi. Mavsum kechiksa, aksincha. To`lov miqdorlari hozircha aniq emas. Tez orada bu miqdor ishlab chiqiladi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1