Tashkilot Bosh kotibi statistika shunchaki ma`lumot emas, u real odamlarning hayotidan iborat ekani va bu odamlar kimlarningdir qarindoshi, do`sti va hamkasbi bo`lganini unutmaslikka chorladi. Antoniu Guterrish barchani ijtimoiy masofa saqlashga, niqob taqishga va qo`llarni doimiy ravishda yuvib yurishga chaqirdi.
Bosh kotib pandemiyaning shafqatsizligiga qaramay, insoniyat o`z xatolaridan saboq olsa, bu qiyinchilikni engib o`tishiga ishonch bildirdi.
«Ko`plab insonlar vafot etgani haqidagi xotiralar bizning kelajagimiz hamjihatlikka, odamlar va millatlarning birlashuviga bog`liq ekanini hech qachon unutmasligimizga imkon bersin. Mas`uliyatli etakchilik, ilm-fan va hamkorlik muhim ahamiyatga ega. Dezinformasiya halokatga etaklashini tushunish muhim»






