2020 yil 1 oktyabr soat 10.00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 56997 (+172) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
📌 115 nafari Toshkent shahrida,
📌 26 nafari Namangan viloyatida,
📌 11 nafari Andijon viloyatida,
📌 9 nafari Jizzax viloyatida,
📌 5 nafari Surxondaryo viloyatida,
📌 5 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
📌 1 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko`tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Ayni paytda yurtimizda 53457 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog`aygan.
Hozirda mamlakatimizda 3069 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 563 nafari og`ir, 267 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.






