AsosiyJamiyat

“Paxtakor” va “Xalqlar do`stligi” bekatlari oralig`ida poezdlarning tezligi nega cheklanmoqda?

'“Paxtakor” va “Xalqlar do`stligi” bekatlari oralig`ida poezdlarning tezligi nega cheklanmoqda?'ning rasmi

Ma`lumki hozirgi vaqtda “Paxtakor” va “Xalqlar do`stligi” bekatlari oralig`idagi er usti hududida “Toshkent Citi” xalqaro biznes markazining qurilishi keng ko`lamda olib borilmoqda, ko`p qavatli binolar barpo etilmoqda.

Metropoliten inshootlariga qo`shimcha bosim ta`siri ortishini oldini olish maqsadida ushbu yo`nalish bo`ylab metro poezdlarining harakatlanish tezligi kamaytirilgan.  

“Xalqlar do`stlgi” bekatidan “Paxtakor” bekatigacha asosiy qurilish ishlari bajarilgan va poezdlarning loyihada belgilangan tezligi tiklangan. “Paxtakor” bekatidan “Xalqlar do`stlgi” bekatlarigacha qurilish ishlari davom ettirilmoqda va shu sababli poezdlarni harakat tezligi kamaytirilgan. Metropoliten poezdlarining belgilangan harakat tezligi qurilish ishlari to`liq yakunlangandan so`ng tiklanadi.

“Toshkent metropoliteni” UK keltirilgan vaqtinchalik noqulaylik uchun uzr so`raydi" deyiladi xabarda.
 

    Boshqa yangiliklar