Madridning “Real” jamoasi futbolchisi Krishtianu Ronalduning agenti Jorje Mendesh mijozi haqida o`z fikrlarini bildirib o`tdi.
- Krishtianu - futbol tarixidagi barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi. Ishonchim komilki, yaqin 7 yilni u "Real"da o`tkazadi va faoliyatini Madridda yakunlaydi.
Bu erda uni hamma narsa qoniqtiradi, butsasini esa u 40 yoshida mixga iladi, - deydi Mendesh.





