AsosiySalomatlik

Nafas mashqlari faqat koronovirus paytida tavsiya etiladimi?

'Nafas mashqlari faqat koronovirus paytida tavsiya etiladimi?'ning rasmi

Bu mashqlar qaysi kasalliklarda mumkin va qanday hollarda ularni bajarish mumkin emas?

Ushbu savolga AOKAda o`tkazilgan brifingda ishtirok etgan Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Barno Abdusamatova quyidagicha javob berdi:

 - Nafas gimnastikasi nafas tizimining (bronx, o`pka) barcha kasalliklarida tavsiya etiladi.

 Faqat mashqlar majmuasi va davomiyligi tashxisga qarab o`zgaradi. Shuningdek ushbu mashqlar bemor ko`p vaqtini to`shakda davolanib o`tkazadigan barcha kasalliklarida ham ishlatilishi kerak. U miasteniya (mushaklar kuchsizligi), doimo yotoqda bo`lish sababli mushak kuchining kamayishi bilan og`rigan barcha bemorlar uchun foydalidir.

 Ushbu gimnastika turi bemorning tana harorati 38° darajadan yuqori bo`lganda, yuqori qon bosimida va yurak tez urishi davrida hamda organizm och holatida va darhol ovqatdan so`ng ham o`tkazilishi tavsiya etilmaydi.

Ushbu mashg`ulotlar davrida nafas qisilishi, bosh aylanishi, kuchli holsizlik, ko`ngil aynishi, saturasiyaning pasayishi holatlari kuzatilsa, u holda mashqlarni darhol to`xtatish zarur.

Mashg`ulotlarni organizmga zo`riqish berib bajarish mumkin emas. Agar bu holat har safar takrorlansa, mashqlar majmuasi yuklamasini engillashtirish tavsiya etiladi.    

Gimnastika bilan kuniga 3-4 marta shug`ullanish kerak. Davomiyligi bemorning mashqlarni ko`tara olish xolatiga bog`liq. Sekin-sekin davomiylik va mashqlar yuklamasi ortib boraveradi, - dedi  Barno Abdusamatova.

 

    Boshqa yangiliklar