AsosiyDunyo

Qozog`istonda ikki bola “Kavasaki sindromi”dan vafot etdi

'Qozog`istonda ikki bola “Kavasaki sindromi”dan vafot etdi'ning rasmi

Bu haqda platforma.uz  Tengrinews.kzga tayanib xabar berdi. 

“Bizda hozirgacha shunday kasallik bilan 41 bola ro`yxatga olingan. Ulardan 37 nafari tuzalib chiqdi, ikki nafari hayotdan ko`z yumdi. Ularda surunkali kasallik bor edi. Boshqa organlardagi xastalik tufayli ushbu bolalarni saqlab qolishning imkoni bo`lmadi ”, deydi Pediatriya va bolalar jarrohligi ilmiy markazi rahbari Riza Boranbaeva.

Mutaxassislarning ta`kidlashicha, mazkur sindrom Qozog`iston uchun ham yangi kasallikdir. Ayrim bolalarda u koronavirus bilan og`rigandan keyin taxminan ikki-olti hafta ichida qayd etiladi.

    Boshqa yangiliklar