AsosiyJamiyat

“Faxriy fuqaro”larni ro`yxatga olganlik uchun davlat boji undirilmaydi

'“Faxriy fuqaro”larni ro`yxatga olganlik uchun davlat boji undirilmaydi'ning rasmi

28 sentyabr kuni “O`zbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarni ro`yxatga olish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” Hukumat qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo`yicha ro`yxatga olish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko`ra, Toshkent shahri va viloyatida doimiy ro`yxatga olinish huquqiga ega bo`lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar toifasiga vatandosh va uning oila a`zolari ham kiritildi.  

Nizomga ko`ra, quyidagi tartiblar joriy qilindi:

  • tug`ilganlik guvohnomasi rasmiylashtirishda O`zbekistonda tug`ilgan bola ota yoki onasining doimiy yashash joyi bo`yicha avtomatlashtirilgan tizim orqali ro`yxatga olinadi;
  • 16 yoshga to`lmagan chet el fuqarosi va fuqaroligi bo`lmagan shaxs ota-onasining ro`yxatga olingan manziliga ro`yxatga olinadi;
  • chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarning qarindoshlarini doimiy ro`yxatga olishda, turar joy maydonining ijtimoiy normasi to`g`risidagi qoidalar qo`llanilmaydi;
  •  “Faxriy fuqaro” maqomi berilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar hamda ularning oila a`zolarini doimiy ro`yxatga olganlik uchun davlat boji undirilmaydi.

Shuningdek, qaror bilan, O`zbekiston hududida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarni vaqtincha turgan joyi bo`yicha hamda Qoraqalpog`iston Respublikasida va viloyatlarda doimiy yashash joyi bo`yicha ro`yxatga olish tartibi to`g`risidagi nizomlar tasdiqlandi.  

 

    Boshqa yangiliklar