AsosiySport

"Navbahor" klubi rahbariyati hamda bosh murabbiyi ishdan olindi

Namangan viloyat hokimining 29 dekabrdagi farmoyishiga asosan “Navbahor”klubi prezidenti sifatida faoliyat olib borgan T.Dadabaev, vise-prezident vazifasini bajargan R.Nizambaev va jamoa bosh murabbiyi B.Ashurmatov o`z vazifalaridan ozod etildi. Bu haqda jamoa rasmiy sayti ma`lumotlariga asoslanib Uz24 xabar berdi.

Klub prezidenti vazifasi Namangan shahar hokimi B.Bekxodjaev zimmasiga yuklatilgan bo`lsa, vise-prezidentlik vazifasini O.Qosimov bajaradigan bo`ldi. Jamoa boshqaruvi esa R.G`ofurov zimmasiga yuklatildi.

Xabar qilinishicha, 2016 yilning 2 yanvar sanasida jamoa a`zolari va viloyat hokimi bilan uchrashuv bo`lib o`tadi. “Navbahor” jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikning 2016 yilning 4 yanvaridan boshlaydi. 

 

    Boshqa yangiliklar