AsosiyJamiyat

2 oktyabrdan Toshkent shahrida 276 ta umumta`lim maktabida an`anaviy darslar yo`lga qo`yiladi

'2 oktyabrdan Toshkent shahrida 276 ta umumta`lim maktabida an`anaviy darslar yo`lga qo`yiladi'ning rasmi

Avvalroq, Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazlari, tibbiyot birlashmalarining xulosalari, o`qituvchilarni koronavirus ko`rsatkichi hamda Xalq deputatlari tuman Kengashlarining tegishli qarorlari bilan pandemiya sharoitida Toshkent shahridagi umumta`lim muassasalarida ta`lim jarayonlarini bosqichma-bosqich 2020 yil 14 sentyabrdan 268 ta ta`lim muassasalari an`anaviy tarzda o`z faoliyatini boshlagani to`g`risida xabar bergan edik.

Joriy yilning 2 oktyabrdan boshlab Mirobod tumanidagi 83, 263-sonli maktablar, Shayxontohur tumanidagi 40, 262, 59, 42a, 276, 192-sonli  maktablar ham o`z faoliyatini yo`lga qo`ydi.  Bu haqda Toshkent shahar XTBB Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

2020 yil 2 oktyabr holatiga Toshkent shahridagi 318 ta umumta`lim muassasalaridan quyidagi 276 tasi an`anaviy tarzda faoliyat ko`rsatadi:

1. Bektemir tumanidagi 289, 290, 291, 292, 293-sonli maktab.

2. Mirobod tumanidagi 31, 56, 57, 60, 65, 83, 94, 125, 147, 154, 158, 175, 213, 214, 218, 263, 328-sonli maktablar.

3. Mirzo Ulug`bek tumanidagi 18, 27, 35, 49, 50, 54, 64, 71, 71a, 112, 121, 142, 187, 205, 207, 208, 209, 210, 211, 211a, 221, 225, 256, 223, 241, 275, 286, 308-sonli maktablar, 101-105-sonli maktab-internatlar hamda FFIDUM, PMTIDUM, MAFIDUM.  

4.  Olmazor tumanidagi 1, 11, 15, 16, 22, 24, 28, 29, 36, 46, 111, 133, 134, 146, 159, 159a, 165, 185, 191, 196, 219, 224, 233, 234, 242, 243, 249, 261, 278, 298, 315, 326-sonli maktablar hamda 100, 102, 106-sonli maktab-internatlar.

5. Sergeli tumanidagi 2, 3, 6, 7, 8, 32, 33, 47, 55, 76, 104, 264, 266, 267, 268, 269, 277, 284, 285, 300, 301, 303, 304, 305, 317, 322, 329, 330, 331-sonli maktablar.

6. Uchtepa tumanidagi 4, 14, 38, 44, 62, 75, 78, 81, 106, 107, 109, 116,  123, 129, 193, 194, 203, 228, 236, 238, 251, 295, 296, 297, 312-sonli maktablar hamda XTIDUM.

7. Chilonzor tumanidagi 66, 79, 90, 103, 114, 128, 131, 138, 162, 163, 168, 173, 178, 179, 183, 184, 188, 195a, 200, 201, 202, 217, 270, 280, 281-sonli maktablar hamda 4-sonli maktab-internat.

8. Shayxontohur tumanidagi 10, 13, 19, 20, 34, 37, 39, 40, 41, 42a, 34a, 59, 82, 84, 85, 92, 102, 113, 132, 136, 157, 180a, 192, 169, 186, 254, 262, 276, 299, 314, 316, 320, 324-sonli maktablar.

9. Yunusobod tumanidagi 5, 9, 12, 17, 21, 43, 51, 53, 58, 63, 70, 72, 80, 87, 88, 96, 98, 105, 122, 150, 235, 240, 246, 247, 250, 257, 258, 259, 260, 265, 271, 272, 273, 274, 288, 302, 313, 327-sonli maktablar hamda TFIDUM.

10. Yakkasaroy tumanidagi 25, 26, 48, 89, 100, 118, 127, 135, 144, 160, 172, 321-sonli maktablar.

11. Yashnobod tumanidagi 30, 67, 69, 145, 149, 151, 152, 153, 155, 156, 161, 166, 170, 198, 212, 216, 227, 230, 231, 244, 307-sonli maktablar.  

Toshkent shahridagi boshqa umumiy o`rta ta`lim maktablari sanitar va tibbiy tayyorgarligi holatidan kelib chiqib, o`z faoliyatini an`anaviy tarzda boshlagunga qadar onlayn tarzda, ya`ni “Onlayn-maktab” loyihasi doirasidagi televizion darslar orqali dars mashg`ulotlarini amalga oshiradi.  

Fursatdan foydalanib, yana bir bor ota-onalardan mazkur jarayonga mas`uliyat bilan yondoshishlarini, an`anaviy shaklda faoliyatini boshlayotgan maktablar jamoasidan sanitariya qoidalariga qat`iy rioya qilish, farzandlarimiz va yaqinlarimiz salomatligini saqlashlarini so`rab qolamiz.

 

    Boshqa yangiliklar