BU SAVOLGA AVVALO JINOYaT IShLARI BO`YIChA SAMARQAND ShAHAR SUDIDAKO`RILGAN IShDA SUDLANUVChINING BERGAN KO`RSATMASIDAN JAVOB IZLAYMIZ...
Darvoqe, sudlanuvchi Samarqand shahar Obodonlashtirish boshqarmasiga qarashli qabristonida qorovul bo`lib ishlaydigan 30 yoshli yigit. U qabristondan 8 ta konvalyutadagi 80 dona tabletkadan iborat – “Tramadol Lannaxer 50 mg” giyohvandlik vositasini topib olib, qonunga xilof ravishda saqlagan. 70 dona tabletkani tanishiga 760 000 so`mga sotganida, giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravishda sotishda gumon qilinib, jinoyat ishiga jalb qilingan.
SUDLANUVChI AYBIGA IQRORMI?
Sud majlisida so`roq qilingan sudlanuvchi aybiga iqrorlik bildirmagan...
— Mendan tabletka sotib olgan kishi bilan yoshligimdan buyon tanishman. Usta bo`lgani uchun har zamonda qabristonga marhumlarning qabriga qabrtosh yasab, joylashtirardi. O`zim esa qabristonda 2014 yildan buyon qorovullik qilib, marhumlarni ko`mish uchun handaqlarni qazib tirikchilik qilib kelganman. So`nggi bor odam ko`mish uchun qabr kovlagan vaqtimda g`ishtlar orasidan 8 quti “tramadol” tabletkasini topib oldim va o`zimga olib qo`ydim. Dafn marosimi o`tgach, tanishimga qo`ng`iroq qildim, darrov etib keldi. “Tramadol” iste`mol qilasanmi?” deb so`raganimda, “ha” dedi. Bir so`m pul olmay, 7 pachka “tramadol”ni uning mashinasiga o`tirganimdan so`ng berib yubordim. Bir pachkasini tanishimning iltimosiga ko`ra, kurtkasining ichki cho`ntagiga soldim. Keyin “Uyimdan bo`sh un qopini olib kelaylik, iltimos”, dedim. Tanishim uyimga kiradigan ko`cha boshida to`xtadi. Uydan bir dona un qopini olib chiqdim va yana qabriston tomonga harakatlanib ketayotgandik, 1-2 ta mashinada IIB xodimlari kelib bizni to`xtatishdi. Boshqa mashinaga mindirib, viloyat IIB binosining oldiga olib borishdi. Xolislar ishtirokida shaxsiy tintuvdan o`tkazishganida, yonimdagi bir konvalyuta “Tramadol”ni chiqarib stolga qo`ydim. Yonimda pul bo`lmagani uchun giyohvandlik vositasi uchun olingan pullarni olish maqsadida IIB xodimlari uyimga borishdi. Tintuv o`tkazib, pullarni olishdi. Lekin u pullar giyohvandlik vositasi uchun olingan pullar emasdi. IIB xodimlari ushbu vositani muhrlab olib qo`yishdi. Hech kimga “tramadol” sotmaganman va bundan foyda ko`rmaganman. IIB xodimlarining tazyiqi bilan uyimga borib, halol topgan 760.000 so`mni “Boshqa bir tanishimdan (jabrlanuvchi – tahririyat.) oldim”, deya berdim. Ertasi kuni ish hujjatlari tergovchi huzuriga o`tganidan keyin, tergovchiga bor haqiqatni – “Tramadol”ni g`isht orasidan topib olganimni aytdim…
"NEGA MENI NIShONGA QO`YGANI SABABINI BILMAYMAN"
Sudlanuvchi aybiga iqrorlik bildirmasa-da, sudda so`roq qilin- gan jabrlanuvchining ko`rsatmasi holatga oydinlik kiritdi...
— Sudlanuvchi bilan mashinada uyga qaytayotganimizda yo`lda tanishini ko`rib qoldik. Unga oldingi ob`ektdan qolgan 260.000 so`m va 100 AQSh dollarini topshirdi. Men xayrlashib uyimga ketdim. Ertasi kuni uyimga IIB xodimlari kelishdi, giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug`ullanmasligimni aytdim. Sudlanuvchi nega “undan oldim”, deya meni nishonga qo`ygani sababini bilmayman. Mashinamdan ham hech narsa topilmadi.
"UYIDAN 8 QUTI "TRAMADOL" OLIB ChIQDI"
Sudda so`roq qilingan guvoh – sudlanuvchining tanishi ko`rsatmasida quyidagilarni ma`lum qildi...
— Umurtqa pog`onamda disk churrasi bor, og`rig`i kuchli bo`lgani uchun ilgari dorixonalardan “tramadol” olib ichardim.2018yil“tramadol”dorixonalardagi sotuvdan chiqarilib, topilishi qiyin bo`lib qoldi. Og`riq paydo bo`lganda spirtli ichimlik ichadigan bo`ldim. Qabristonda qorovul va go`rkov bo`lib ishlagan tanishim “tramadol” sotib yurganini eshitib, u bilan qo`ng`i- roqlashdim. “7 quti “tramadol” bor, har bir qutisi 110 000 so`mdan”, dedi. Qabristonga borsam, “uyimdan olib beraman”, dedi. Yo`lda 760 000 so`m berdim. Uyidan 8 quti “tramadol” olib chiqdi. Biroq menga 7 tasini berdi, 1 tasini o`ziga olib qoldi. 7 quti tabletkani mashinamning old o`rin- dig`i o`rtasiga tashlab qo`ydim. Yo`lda davom etayotganimizda IIB xodimlari mashinani to`xtatib, ikki nafar xolislar ishtirokida mashinamdan “tramadol”ni topishdi va viloyat IIB binosiga olib ketishdi...
Zarifa AHMEDOVA, jinoyat ishlari bo`yicha Samarqand shahar sudi sudyasi:
— Sudlanuvchining harakatlarida g`arazgo`ylik va boshqa past niyatlarda o`ta og`ir jinoyat sodir etishda tuhmat qilishda ifodalangan jinoiy alomatlari mavjud emasligini e`tiborga olib, JKning 139-moddasi 3-qismi “a, g” bandlari bilan oqlashlik lozim topildi. Biroq JKning 273-moddasi 5-qismi va 25, 273-moddasi 5-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli, deb topildi. JKning 59-moddasiga asosan sud tomonidan tayinlangan jazolarni qisman qo`shish yo`li bilan uzil kesil 6 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Sadoqat ALLABERGANOVA