AsosiyJamiyat

Tasvirga olish moslamalari o`rnatilgan avtomashina Buxoro ko`chalarida nima qilyapti?

'Tasvirga olish moslamalari o`rnatilgan avtomashina Buxoro ko`chalarida nima qilyapti?'ning rasmi

Avtohalokatlarning oldini olish uchun respublikamizning barcha hududlarida, jumladan Buxoro viloyatida ham DYHXX xodimlari yangidan yangi targ`ibot usullarini qo`llab, fuqarolar o`rtasida profilaktika ishlarini olib borishmoqda.

Yaqin kunlarda Buxoro ko`chalarida innovasion usuldagi targ`ibot ishiga qo`l urildi. Televizor va tasvirga olish moslamalari bilan jihozlangan mobil targ`ibot avtomashinasi bugun Buxoro viloyatining shahar va tuman ko`chalarida harakatlanib, fuqarolarni ogohlikka chorlab kelmoqda.

Ushbu profilaktika ishini odamlar ham katta qiziqish bilan qabul qilib, xodimlar tomonidan o`tkazilayotgan tushuntirishlarni ijobiy qabul qilishmoqda. Kelgusida ushbu turdagi mobil targ`ibot avtomashinalarini mamlakatimizning barcha hududlarida joriy qilish rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar