AsosiyJamiyat

Opera san`atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internat tashkil etiladi

'Opera san`atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internat tashkil etiladi'ning rasmi

“Opera san`atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internat tashkil etish to`g`risida” Hukumat qarori qabul qilindi (595-son, 30.09.2020 y).

 Qarorga muvofiq, 2021/2022 o`quv yilidan Qoraqolpog`iston Respublikasi Nukus shahridagi 24-son bolalar musiqa va san`at maktabi negizida opera san`atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internat tashkil etiladi.

Maktab internat uchun qo`shimcha bino va inshootlar, shu jumladan 100 o`rinli yotoqxona va oshxona, 120 o`rinli qo`shimcha o`quv binosi quriladi.

Maktab internat Madaniyat vazirligi tizmidagi davlat ixtisoslashtirilgan ta`lim muassasasi hisoblanadi.

 2021/2022 o`quv yilida maktab-internatning 5, 6 va 7-sinflariga, 2022/2023 o`quv yilidan boshlab esa 5 sinfiga 25 nafardan o`quvchilar tanlov asosida qabul qilinadi.

    Boshqa yangiliklar