AsosiySalomatlik

Koronavirusli bemor bo`lgan oilada chaqaloqlarni qanday himoyalash mumkin?

'Koronavirusli bemor bo`lgan oilada chaqaloqlarni qanday himoyalash mumkin?'ning rasmi

AOKAda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Barno Abdusamatova ishtirokida o`tgan brifingda muhim savollarga javob qaytarildi:

Savol: Qaynonam koronovirus bilan kasallanib uyda davolanyapti. Hammamiz uyda niqob taqib yuribmiz, lekin mening chaqalog`im bor. Chaqaloqlarga niqob taqish imkoniyati yo`qku, uni kasallikdan qanday himoyalashim mumkin?

➖ Ha, bu to`g`ri, ilk yoshdagi bolalar va go`daklarga niqoblarni taqib bo`lmaydi. Agarda oilada kimdir koronovirus bilan kasallanganlar bilan muloqotda bo`lgan bo`lsa, shu bilan birga unda PZR testi musbat ko`rsatkichga ega bo`lsa, albatta, kattalar niqoblarni taqib yurishlari zarur hamda maksimal ravishda onani ham, bolani ham bu bemordan ajratish, alohidalash kerak, ya`ni boshqa xonaga yoki boshqa uyga o`tkazish kerak.

Agar ona bolani ko`krak suti bilan boqayotgan bo`lsa, qo`llarni 20 soniyadan ko`p sovun bilan ishqalab yuvish, xonadagi jism, predmet va buyumlarni xlorli eritmalar bilan dezinfeksiyalab turish, niqob taqish kabi shaxsiy gigiena va karantin qoidalariga rioya qilgan tarzda davom ettirishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar