Nukusda yurtimiz sha`nini jahon arenasida munosib himoya qilgan harbiy xizmatchilar sharaflandi

Jamiyat 02.10.2020, 21:12
Teglar: Nukus, harbiy xizmatchilar
Nukusda yurtimiz sha`nini jahon arenasida munosib himoya qilgan harbiy xizmatchilar  sharaflandi

 2017 yildan Xalqaro armiya o`yinlari («ArMI»)da ishtirok etishni boshlagan O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari mana to`rt yildirki mamlakatimiz sha`nini jahon arenasida munosib himoya qilib, yurtimizga medallar shodasini hadya etishda davom etmoqda. Bu haqda Shimoli-g`arbiy harbiy okrug matbuot xizmati  xabar berdi.

Joriy yilgi «ArMI – 2020» o`yinlarida rekord natijalar va yuqori ko`rsatkichlarni qayd etib kelgan yurt o`g`lonlari yuksak ehtirom ila qarshi olinib, joylarda munosib rag`batlantirilyapti. 

Ana shunday tadbirlardan biri Nukus garnizonida o`tkazilib, unda Shimoli-g`arbiy harbiy okrug qo`shinlarida harbiy xizmatni o`tayotgan 18 nafar «ArMI – 2020» o`yinlari sovrindorlari sharaflandi. 

Tantanali marosimda harbiy okrug qo`shinlari qo`mondoni polkovnik Farhodjon Shermatov mamlakatimiz Qurolli Kuchlari qudratini dunyoga taratib, etakchi xorijiy mamlakat armiyalarining eng kuchli mutaxassislariga munosib raqobat ko`rsatib kelayotgan yigitarni qutladi. Yuksak marralar zamirida mashaqqatli mehnat va eng asosiysi, yurtga sadoqat tuyg`usi borligini ta`kidladi. 

Joriy yilning 23 avgustidan 5 sentyabrigacha davom etgan «ArMI – 2020» Xalqaro armiya o`yinlarida 30 dan ortiq davlatning 156 jamoasi qatorida O`zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari 16 yo`nalishda, ya`ni, «Merganlik marrasi», «Qurolsoz usta», «Musaffo osmon», «Artilleriya olovi ustasi», «Yo`l patruli», «Qo`shin razvedkasi a`lochilari», «Elburs halqasi», «Sodiq do`st», «Xavfsiz marshrut», «Dala oshxonasi», «Harbiy ralli», «Harbiy-tibbiy estafeta», «Merganlar marrasi», «Otliq marafon», «Avtozirhli tank-texnika ustasi», «Xavfsiz muhit» musobaqalarida faol ishtirok etdi. 

Hamyurtlarimiz jami 16 yo`nalishda – 3 ta birinchi, 8 ta ikkinchi va 3 ta uchinchi o`rinni egallab, umumjamoa hisobida 3-o`rinni qayd etdi. Qator yo`nalishlarda rekord natijalarni qayd etdi. 

Ta`kidlash joizki, «ArMI – 2020» o`yinlarining «Otliq marafon» tanlovining dastlabki tayyorgarlik jarayonlari aynan Shimoli-g`arbiy harbiy okrug bazasida o`tkazilgan edi. 

Nukus va Urganch garnizonlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar «ArMI – 2020» musobaqalarining “Harbiy ralli”, “Qo`shin razvedkasi a`lochilari”, “Avtozirhli tank-texnika ustasi”, “Otliq marafon”, “Musaffo osmon”, “Qurolsoz usta” hamda “Artilleriya olovi ustasi”, jami 7 ta yo`nalishda qatnashib, O`zbekiston terma jamoalarining muvaffaqiyatli ishtiroki uchun munosib hissa qo`shishdi. 

Tadbir davomida Xalqaro armiya o`yinlari ishtirokchilari harbiy okrug qo`shinlari qo`mondonligi tomonidan munosib rag`batlantirildi. 

Sharhlar

IIV sobiq xodimi, Nukus voqealari bo`yicha qamalgan Po`lat Shamshetovning kutilmagan vafoti bo`yicha Bosh prokuratura bayonot berdi

06.02.2023, 10:42

Sal avval Qoraqalpog`iston IIV Jinoyat qidiruv boshqarmasi bo`limining sobiq boshlig`i Po`lat Shamshetov Nukus voqealari bo`yicha hukm chiqarilgandan ko`p o`tmay vafot etgani haqida xabar qilingan edi....
⚡️Nukusda ikki bola tezpishar lapshadan emas, kemiruvchilarga qarshi doridan zaharlangan. Ulardan biri vafot etdi — Sanepidemxizmat

30.01.2023, 12:29

Sal avval  Nukus shahrida ikki nafar bola do`konlarda sotiladigan tezpishar lapshadan zaharlangani xabar qilingan edi. Holat bo`yicha Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati o`rganish natijalarini e`lon...
⚡️ Nukusdagi portlash vayronalari ostidan yana 4 kishining jasadi topildi

30.01.2023, 11:31

Xabar berganimizdek, kecha 29 yanvar kuni soat 16:15 larda Qoraqalpog`iston Respublikasi Nukus shahri “Temir jol” MFYdagi 4 qavatli uyning to`rtinchi qavatida joylashgan xonadonlarning birida havo-gaz...
Nukus voqeаlari bo`yicha sudda ayblanuvchilardan yana biri xalq tinchligi buzilishiga Tajimuratov va Kallixanovani aybladi

01.12.2022, 09:00

Avval xabar qilganimizdek, Buxoro viloyat sudi binosida 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar bo`yicha 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1