AsosiyDunyo

Koronavirus bilan kasallangan Tramp ommaga ko`rinish berdi va shifoxonaga yo`l oldi

'Koronavirus bilan kasallangan Tramp ommaga ko`rinish berdi va shifoxonaga yo`l oldi'ning rasmi

Donald Tramp koronavirus bilan kasallanganidan beri birinchi marta omma oldida paydo bo`ldi. Bu haqda ntv.ru yozmoqda.

Televizion kameralarni ko`rib, u vertolyotga o`tirdi va Merilenddagi harbiy kasalxonaga yo`l oldi, Tramp u erda bir necha kun yotadi. Shifokorlar kasalxonaga yotqizishni talab qilishdi.

Oq uy rahbari mutaxassislar nazorati ostida bo`ladi va o`z vazifalarini tibbiy markaz hududida joylashgan prezident devonidan bajaradi. Kasalxonaga ketishdan oldin Tramp tarafdorlariga videomurojaat yubordi, unda u o`zini yaxshi his qilayotganini aytgan.

Mavzuga doir:

Shavkat Mirziyoev Donald Trampga koronavirusdan tezroq shifo topishini tilab, maktub yo`lladi

    Boshqa yangiliklar