AsosiyDunyo
1918

​Dunyoda har hafta koronavirusga chalinganlar qariyb 2 mln.taga ko`paymoqda

'​Dunyoda har hafta koronavirusga chalinganlar qariyb 2 mln.taga ko`paymoqda'ning rasmi

 Har hafta dunyo bo`yicha koronavirusga chalinish bilan bog`liq qariyb 2 mln.ta yangi holat ro`yxatga olinmoqda. Bu haqda JSST bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus Jenevada bo`lib o`tgan brifingda ma`lum qildi, deb yozadi TASS.

«Har hafta taxminan 2 millionta holat qo`shilyapti. Xabaringiz bor, joriy hafta dunyo bir million qurbon berilgan fojeaviy davrni ham bosib o`tdi», — deydi u.

JSST rahbari davlatlarni infeksiyaga qarshi kurashishni kuchaytirish, koronavirus tarqalishini to`xtatishga qaratilgan maqsadli chora-tadbirlarni ko`rishga chaqirdi. Hozirda, uning so`zlariga ko`ra, Covid-19 kasalligi tarqalishiga javob qaytarishning keskin payti.

Gebreyesus pandemiyani engib o`tishning eng qisqa yo`li mamlakatlarning hamkorlikdagi sa`y-harakatlari bo`lib qolayotir. Uning aytishicha, ayni paytda jahondagi 168 davlat COVAX xalqaro mexanizmiga qo`shilib ulgurdi. Bundan ko`zlangan maqsad koronavirusdan vaksina uchun barcha uchun teng imkoniyatlar yaratishdir. 

«Yana 25 ta davlat xuddi shunday qilishlari haqida xabar berishdi. Bu butun insoniyatni pandemiyani engish yo`lida birlashishini anglatadigan hamjihatlik belgisidir», — deya xulosa qiladi JSST bosh direktori. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar